date
views 641

«Do‘stlik» chegarasidagi kir yuvish kukunining sirli sirti: 40 milliardlik narko-operatsiya fosh bo‘ldi

«Do‘stlik» chegarasidagi kir yuvish kukunining sirli sirti: 40 milliardlik narko-operatsiya fosh bo‘ldi
«Do‘stlik» chegara-bojxona postida navbatdagi noqonuniy xatti-harakatlar fosh etildi. Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, o‘zlarini oddiy yo‘lovchi sifatida ko‘rsatgan 3 nafar fuqaro 9 kg og‘irlikdagi 3 dona kir yuvish kukunini olib o‘tayotganda to‘xtatildi.

Bojxonachilarning diqqati qadoqning ilgari ochilganligiga tushdi. Tekshiruv davomida kukun qadog‘i ichidagi modda pregabalin ekani aniqlandi. Bu modda kuchli ta’sir qiluvchi, asab tizimiga jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi vositadir.

Operatsiya davomida bu tovarlarni qabul qilishi kerak bo‘lgan shaxs ham Toshkent viloyati Ohangaron tumanida qo‘lga olindi. Uning yonidan yana 27 kg (9 qadoq) pregabalin moddasi aralashgan kukun topildi.

Tezkor tadbirlar natijasida kuchli ta’sir qiluvchi moddalarni qayta ishlash va sotish uchun Uchtepa tumanida yashirin narkolaboratoriya tashkil etish rejalashtirilayotgani aniqlandi. Ijaraga olingan xonadondan maxsus jihozlar, xom ashyo va katta miqdorda bo‘sh kapsulalar topildi.

Bu bilan ham ish to‘xtamadi. Ertasi kuni yana bir partiya – 20 kg og‘irlikdagi kir yuvish kukuni qadoqlari ichiga joylangan kuchli ta’sir qiluvchi moddalar ham to‘xtatildi.

Umumiy hisobda, ushbu operatsiya natijasida 56 kg kuchli ta’sir qiluvchi modda qo‘lga tushdi. Shundan 45 kg sof pregabalin bo‘lib chiqdi. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, bu miqdordagi pregabalinni 1,5 millionga yaqin kapsulaga taqsimlash mumkin bo‘lgan.

Mazkur moddalarning qora bozordagi umumiy bahosi 40 milliard so‘mdan ortiq ekani aytilmoqda. Hozirgi paytda holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilib, tergov ishlari boshlangan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » «Do‘stlik» chegarasidagi kir yuvish kukunining sirli sirti: 40 milliardlik narko-operatsiya fosh bo‘ldi