Farg‘onada ayol erining tushi tufayli fojiali tarzda halok bo‘ldi

1 daqiqa o'qish2.8K
Farg‘onada ayol erining tushi tufayli fojiali tarzda halok bo‘ldi
Farg‘ona viloyatida shu kunlarda jamoatchilikni hayratga solgan mudhish voqea sodir bo‘ldi. “Bu kun” ko‘rsatuvi orqali ma’lum qilingan xabarga ko‘ra, erkak tushida ko‘rgan voqeasi sababli o‘z ayolini vahshiylarcha o‘ldirgan.

Qayd etilishicha, er-xotin voqea sodir bo‘lgan kechada odatiy tarzda uyquga ketgan. Ular orasida biron-bir kelishmovchilik yoki janjal kuzatilmagan. Ammo tonggi soat 4:30 atrofida erkak tushida ayolining xiyonat qilganini ko‘rib, keskin uyg‘onib ketgan.

Ayol bu vaqtda hali uyquda bo‘lgan va hech narsadan xabarsiz edi. Erkak esa yostig‘i ostida saqlagan pichog‘i bilan uyqudagi ayoliga 13 marta zarba bergan. Qilgan ishining xatoligini tushungan er shoshilinch tibbiy yordamga o‘zi murojaat qilgan.

Biroq, tibbiy xodimlar voqea joyiga yetib kelgan paytda ayol allaqachon hayotdan ko‘z yumgan edi.

Sud jarayonida ma’lum bo‘lishicha, erkakning bu kabi asossiz gumonlari ilk marta sodir bo‘lmagan. U avval ham ayoli bilan shunga o‘xshash sabablarga ko‘ra janjallashib kelgan ekan.

Sudlanuvchiga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha ayblov e’lon qilinib, u 16 yilga ozodlikdan mahrum etildi. Voqea natijasida uch nafar farzand ham onasiz, ham otasiz qoldi.

Bu kabi mudhish voqealar oilaviy munosabatlarda o‘zaro ishonch va sabr-toqatning naqadar muhim ekanini yana bir bor ko‘rsatib berdi.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?