
Ijtimoiy tarmoqlarda Samarqand shahrida Lacetti avtomobilining bir nechta piyodani urib ketgani aks etgan videotasvirlar keng tarqaldi. Hodisa haqida Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy izoh berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi 11 aprel kuni kechki soat 20:00 larda Samarqand shahrining Nurli yo‘l mahallasidagi Rudakiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1997 yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvida bo‘lgan Lacetti rusumli avtomobil piyodalar o‘tish yo‘lagidan yo‘lni kesib o‘tayotgan bir guruh kishilarni bosib ketgan.
Tarqalgan videotasvirlarda bir nechta avtomobil piyodalarga yo‘l berib to‘xtab turgani, ammo Lacetti haydovchisi katta tezlik bilan kelib, yo‘lni kesib o‘tayotgan bir necha fuqaroni, jumladan, bolalarni ham urib yuborgani ko‘rinadi. Keyin avtomobil qarshi yo‘nalishdagi yo‘l qismiga chiqib ketgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olgan barcha piyodalar zudlik bilan shifoxonaga yetkazilib, tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha Samarqand shahri IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi bilan jinoiy ish ochilgan. Haydovchiga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llanilgan va dastlabki tergov harakatlari davom etmoqda.
Qonunchilikka ko‘ra, mazkur modda asosida aybdor deb topilgan shaxs 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi va muayyan huquqlardan mahrum etilishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar