date
views 169

Urgutda Cobalt haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, “Jiguli” bilan to‘qnashdi

Urgutda Cobalt haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, “Jiguli” bilan to‘qnashdi
Foto: Samarqand viloyati YHXB
Samarqand viloyatining Urgut tumani, “Sariqtepa”mahallasida 30 aprel kuni soat 10:30 larda YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda viloyat YHXB xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, haydovchi Cobalt avtomobilini boshqarib borayotib, o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan avtomashinani quvib o‘tish maqsadida qarama-qarshi yo‘nalishga chiqqan. Shu vaqtda to‘g‘ridan o‘z yo‘lida kelayotgan “Jiguli” bilan to‘qnashgan.

Hodisa oqibatida jarohatlanganlar tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.

Hozirda holat yuzasidan Urgut tumani IIB tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Urgutda Cobalt haydovchisi qarama-qarshi yo‘nalishga chiqib ketib, “Jiguli” bilan to‘qnashdi