date

Chimyonda yuk mashinasining tormozi ishlamay ustunga borib urildi

Chimyonda yuk mashinasining tormozi ishlamay ustunga borib urildi

Chimyon hududida noxush yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Mahalliy manbalarga ko‘ra, yuk tashuvchi avtomashinaning tormoz tizimida texnik nosozlik kelib chiqqan. Haydovchi mashinani boshqara olmay, natijada u katta kuchlanishli elektr simyog‘ochiga borib urilgan.

Hodisa oqibatida mintaqada elektr ta’minotida jiddiy uzilishlar yuzaga keldi. Elektr uzatish liniyalariga yetkazilgan zarar tufayli atrofdagi bir necha mahallalarda yorug‘lik vaqtincha uzildi.

Hozirgi paytda mutassaddi tashkilotlar tomonidan bartaraf etish, ta’mirlash va elektr ta’minotini tiklash ishlari olib borilmoqda. Mazkur holat yuzasidan surishtiruv ishlari boshlangan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chimyonda yuk mashinasining tormozi ishlamay ustunga borib urildi