Taniqli bloger Farhod Mannapovning vafoti bilan yakunlangan operatsiyani amalga oshirgan shifokor sud qarori bilan oqlangani ma’lum bo‘ldi. U, hozirda o‘z faoliyatini davom ettirmoqda. Ushbu voqea keng jamoatchilik e’tiborida bo‘lib, ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonans keltirib chiqargan edi.
Apellyatsiya sudining chiqargan xulosasiga ko‘ra, Farhod Mannapovning o‘limida operatsiyani o‘tkazgan jarroh aybdor emas, balki narkoz (anesteziya) berish bilan shug‘ullangan anesteziolog shifokor asosiy mas’ul deb topilgan.
Sud hujjatlarida qayd etilishicha, anesteziolog operatsiya vaqtida o‘z vazifasini lozim darajada bajarmagan — u muhim tibbiy ko‘rsatkichlar, xususan tana haroratining keskin ko‘tarilishini o‘z vaqtida aniqlamagan. Eng achinarlisi shundaki, sud protokoliga binoan u aynan operatsiya davomida telefon orqali uzoq suhbat olib borgan.
Hozirda oqlangan shifokor o‘z faoliyatini davom ettirmoqda, biroq jamoatchilik orasida ushbu qarorga nisbatan turli fikrlar bildirilmoqda. Ayrimlar buni adolat deb hisoblasa, boshqalar bu holatni tibbiyot sohasidagi mas’uliyatsizlikning oqibati deb baholamoqda.
Farhod Mannapov o‘limiga sabab bo‘lgan shifokor oqlanib ishini davom ettirmoqda
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar