date

O‘zbekistonda rekord darajada aliment oldindan to‘landi

O‘zbekistonda rekord darajada aliment oldindan to‘landi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi markazi — Nukus shahrida e’tiborga molik va noodatiy holat yuz berdi. Shahar fuqarosi o‘z farzandi uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan aliment pulini rekord darajada, to‘liq miqdorda oldindan to‘lab berdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi (MIB) Nukus shahar bo‘limi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, erkak farzandi voyaga yetguniga qadar to‘lanishi kerak bo‘lgan alimentni birdaniga to‘lash istagini bildirgan. Shundan so‘ng, unga Vazirlar Mahkamasining 808-sonli qaroriga asosan, 18 yoshgacha bo‘lgan davr uchun to‘lanadigan aliment miqdori hisoblab chiqilgan. Bu raqam 2 milliard 270 million 812 ming so‘mni tashkil qilgan.

To‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, aliment oluvchi ayol MIB Nukus shahar bo‘limiga kelib, hisoblab chiqilgan 2,2 milliard so‘mdan ortiq mablag‘ni sobiq turmush o‘rtog‘idan qabul qilib olganini tasdiqlagan.

Rasmiylarga ko‘ra, bu to‘lov MIB tarixidagi eng yirik aliment to‘lovi bo‘lib qolmoqda. Yuridik soha vakillari bu holatni namunali va mas’uliyatli ota-onalik misoli sifatida baholamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda rekord darajada aliment oldindan to‘landi