date

Samarqandda 2,6 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagan MCHJ fosh etildi

Samarqandda 2,6 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagan MCHJ fosh etildi

Samarqand shahrida yirik miqdorda elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan mas’uliyati cheklangan jamiyat aniqlandi. Bu haqda “O‘zenergoinspeksiya”ning Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi xabar berdi.

Nazorat tadbiri davomida ma’lum bo‘lishicha, MCHJga qarashli, quvvati 34 kVt bo‘lgan elektr uskunalari hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulanib ishlatilgan. Shu orqali iste’mol qilingan elektr energiyasi hisobga olinmagan va yirik zarar keltirilgan.

Mutaxassislar xisob-kitobiga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga yetkazilgan zarar 2 milliard 680 million so‘mni tashkil etadi. Bu miqdor noqonuniy ulanish ko‘lamini yaqqol ko‘rsatadi.

Hozirda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan voqea bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Aybdorlarga qonun doirasida chora ko‘rilishi aytilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda 2,6 mlrd so‘mlik elektr o‘g‘irlagan MCHJ fosh etildi