date

Toshkent viloyatida avariyaga uchragan yuk mashinasi yonib ketdi

Toshkent viloyatida avariyaga uchragan yuk mashinasi yonib ketdi
23 avgust kuni ertalab, soat 07:00 atrofida Toshkent viloyati hududida jiddiy yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, voqea Yuqori Chirchiq tumani hududidagi A373 “Toshkent–O‘sh” avtomobil yo‘lining 4-kilometrida sodir bo‘lgan.

Tafsilotlarga ko‘ra, sement tashishga mo‘ljallangan Howo rusumli yirik yuk avtomobili haydovchi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ygan va yo‘l chetida turib qolgan Cobalt yengil mashinasiga borib urilgan. Kuchli zarba oqibatida yengil avtoagdarilib ketgan, Howo yuk mashinasida esa yong‘in kelib chiqqan.

Hodisa joyida olingan ma’lumotlarga ko‘ra, Cobalt ichida bo‘lgan bir nafar yo‘lovchi turli darajada tan jarohati olgan va tez tibbiy yordam mashinasi orqali shifoxonaga yetkazilgan. O‘t o‘chiruvchilar qisqa vaqt ichida yong‘inni bartaraf etgan.

Hozirgi paytda holat yuzasidan Yuqori Chirchiq tumani Ichki ishlar bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda. Mutasaddilarning ta’kidlashicha, hodisa sabablari va haydovchining harakatlari to‘liq o‘rganilgandan so‘ng qonuniy baho beriladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida avariyaga uchragan yuk mashinasi yonib ketdi