Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 26-avgust kuni fojiaviy holat sodir bo‘ldi. “Oqtepa” mahallasidagi qurilishi yakunlanmagan ko‘p qavatli turar joy majmuasidan temir tirgak qulashi natijasida “Orzu” bozori hududida 12 yoshli qiz M. U. boshiga to‘g‘ri kelib, darhol hodisa joyida halok bo‘ldi.
Rasmiy manbaga ko‘ra, ushbu qurilish maydoni “Sanoat Maxkom” MCHJ tasarrufida bo‘lib, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik qoidalari buzilgani aniqlandi. Shu sababli binoning 10-qavatidan tushgan temir tirgak voyaga yetmagan qizning boshiga tegib, unga fojiaviy oqibat keltirdi.
Sud-tibbiy ekspertizasi dastlabki xulosasida qizning bosh miyasida qon quyilishi, bosh suyagining parchalangan sinishlari, chap o‘mrov suyagining singanligi va o‘pkalariga qon ketishi tufayli vafot etgani qayd etildi. Bu holat mahalliy aholi va oila uchun katta g‘am tug‘dirdi.
Hozirda Qashqadaryo viloyati Bandlik boshqarmasi va sud-kriminalistika mutaxassislari hodisa joyida tekshiruv ishlarini olib bormoqda. Shuningdek, biologiya va sud tibbiy ekspertizalari tayinlangan bo‘lib, qurilishdagi nosozliklar va mas’uliyatli shaxslarni aniqlash bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv davom etmoqda.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar