2025 yil 8 sentyabr kuni Toshkent shahrining Chilonzor tumani, Tirsakabod ko‘chasida joylashgan Do‘mbirobod City turar-joy majmuasi qurilish hududida fojeali holat sodir bo‘ldi. Montaj jarayonida qurilish krani og‘ib ketib, yerga quladi.
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi rasmiy ravishda ma’lum qilishicha, yuk ko‘tarish minorali kranini montaj qilish paytida texnik talablarga to‘liq rioya qilinmagan. Dastlabki o‘rganishlarga ko‘ra, kranning tayanch oyoqlari poydevorga mustahkam qotirilmaganligi oqibatida, u keyingi qismni qo‘yish jarayonida muvozanatini yo‘qotgan.
Aynan shu sababdan, kranning ikki tayanch qismi ko‘tarilib ketib, butun inshoot og‘ir massasi bilan yerga quladi. Voqea paytida kran kabinasida bo‘lgan 25 yoshli operator — yollanma ishchi L.A. qattiq zarbadan jon berdi.
Shu bilan birga, montaj ishlarida ishtirok etayotgan 21 yoshli ikki ishchi — I.Q. va M.A. ham og‘ir jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Ularga hozirda tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Favqulodda hodisadan so‘ng Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Toshkent shahar boshqarmasi mutaxassislari ishtirokida maxsus komissiya tuzildi. Komissiya hodisa sabablarini chuqur o‘rganish va texnik tahlil qilish bilan shug‘ullanmoqda.
Toshkentda qurilish krani qulashi bir ishchining o‘limiga sabab bo‘ldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar