date

Nukusda o‘quv mashg‘uloti paytida 10 nafar harbiy jarohatlandi

Nukusda o‘quv mashg‘uloti paytida 10 nafar harbiy jarohatlandi

Nukus shahrida milliy gvardiyaga qarashli dala o‘quv maydonida noxush hodisa ro‘y berdi. 10 sentyabr kuni tashkil etilgan amaliyot mashg‘uloti chog‘ida portlovchi maxsus vositaning shnuri kutilmaganda detonatsiyaga uchrab, kichik portlash sodir bo‘lgani ma’lum qilindi.

Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu voqea natijasida mashg‘ulotda ishtirok etayotgan 10 nafarga yaqin harbiy xizmatchi turli darajadagi tan jarohatlarini olgan. Zudlik bilan hodisa joyiga tibbiyot xizmatlari jalb etilgan va barcha jabrlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Mas’ullar aytishicha, ko‘rilgan zarur choralar natijasida harbiy xizmatchilarning salomatligi xavfsiz holatga keltirilgan va ularning sog‘lig‘i izchil ravishda tiklanmoqda.

Ayni paytda, ushbu holat yuzasidan xizmat tekshiruvi boshlangan. Mutasaddi rahbarlar va mas’ul komissiya tomonidan hodisaning aniq sabablarini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Nukusda o‘quv mashg‘uloti paytida 10 nafar harbiy jarohatlandi