Qashqadaryoda qalbaki alkogol mahsuloti sotmoqchi bo‘lganlar to‘xtatildi

1 daqiqa o'qish254
Qashqadaryoda qalbaki alkogol mahsuloti sotmoqchi bo‘lganlar to‘xtatildi

Qashqadaryo viloyatida qalbaki spirtli ichimliklarning noqonuniy aylanishiga qarshi yo‘naltirilgan tadbir amalga oshirildi. Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Guzor tuman bo‘limi va tuman Ichki ishlar bo‘limi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor chora-tadbir davomida yirik miqdorda qalbaki alkogol mahsulotlari musodara qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro A.X. o‘zining “Damas” rusumli avtomashinasida 3 xil turdagi, jami 750 dona qalbaki aksiz markalari bilan ta’minlangan spirtli ichimliklarni Dehqonobod tumani hududiga olib kirishga uringan. Uning rejasi – ushbu mahsulotlarni noqonuniy ravishda savdoga chiqarish bo‘lgan.

Huquq-tartibot organlari tomonidan o‘z vaqtida amalga oshirilgan choralar natijasida barcha mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida hujjatlashtirilib, davlat foydasiga olib qo‘yildi.

Ma’lum qilinishicha, ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 176-moddasi – “Qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash va ularni muomalaga chiqarish” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda va barcha tafsilotlar o‘rganilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?