
17 sentyabr kuni Xorazm viloyatining Yangiariq tumanida yurakni ezg‘ulovchi yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Mazkur fojea natijasida ikki yoshga ham to‘lmagan chaqaloqning hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi YHXB tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, voqea tumanning “Angarik” mahallasi hududida yuz bergan.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, soat 09:00 atrofida Cobalt haydovchisi yo‘lda chapga burilmoqchi bo‘lgan Nexia avtomobilni quvib o‘tishga harakat qilgan. Biroq harakat xavfsiz qoidalariga rioya qilinmagani tufayli ikki avtoulov o‘zaro to‘qnashgan.
To‘qnashuvdan keyin Cobalt haydovchisi transport vositasini boshqara olmay qolgan va yo‘l chetidagi trotuarda turgan kichik yoshli bolani urib yuborgan. Qayg‘uli jihati shundaki, 2023 yilda tug‘ilgan bola olingan og‘ir jarohatlar sababli voqea joyidayoq vafot etgan.
Hozirda Yangiariq tumani ichki ishlar bo‘limi tergov guruhi tomonidan dastlabki surishtiruv va tergov harakatlari olib borilmoqda. Hodisa yuzasidan qonunchilikka muvofiq chora ko‘rilishi belgilangan.
Mahalliy aholi va guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, hodisa juda qisqa vaqt ichida sodir bo‘lgan va haydovchining bee’tiborligi halokatga olib kelgan. Hozircha haydovchiga nisbatan qaysi jinoiy modda asosida ish qo‘zg‘atilishi ochiqlanmagan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar