
18 sentyabr kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudida Mubashshir Axmad ishi yuzasidan navbatdagi sud jarayonining muzokara bosqichi o‘tkazildi.
Sud majlisida davlat ayblovchisi ayblanuvchiga nisbatan 7 yil davomida ozodlikdan mahrum qilish jazosini qo‘llashni talab etdi. Shu bilan birga, himoyachi advokatlar bu taklifni asossiz, dalil va huquqiy asosdan xoli ekanini bildirib, uning adolatli emasligini ta'kidlashdi.
Sudda barcha taraflar o‘z pozitsiyalarini bayon etdi. Ayblovchilar qat’iylik bilan jinoiy ishning og‘irligi haqida so‘z yuritishsa, advokatlar suddan ayblovni qayta ko‘rib chiqishni so‘rashdi.
Majlis yakunida sudya ishni to‘liq o‘rganish va qo‘shimcha mezonlarni hisobga olish zarurligini ta’kidladi. Shu bois navbatdagi sud muhokamasi dushanba kuni, 22 sentyabrga belgilandi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar