date

Narpayda yaroqsiz alkogol mahsulotlari ommaviy tarzda yo‘q qilindi

Narpayda yaroqsiz alkogol mahsulotlari ommaviy tarzda yo‘q qilindi
Narpay tumanida iste’mol uchun mutlaqo yaroqsiz deb topilgan katta miqdordagi alkogol mahsulotlari belgilangan qonun doirasida yo‘q qilindi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Majburiy ijro byurosining Narpay tuman bo‘limi ish yurituviga jinoyat ishlari bo‘yicha Narpay tumani sudining 2025 yil 20 iyun va 15 iyuldagi ijro varaqalari kelib tushgan. Unda jinoyat ishi doirasida ashyoviy dalil sifatida qayd etilgan, byuro bo‘limidan saqlanib turgan 3034 dona, 100 turdan iborat alkogol mahsulotlarini yo‘q qilish haqida ijro hujjati belgilangan.

Shunga muvofiq, 2025 yil 17 sentyabrda ijro jarayoni amalga oshirildi. Narpay tumanidagi markaziy chiqindixona hududida MIBning Samarqand viloyat boshqarmasi mas’ullari, tegishli soha mutaxassislari va xolis shaxslar ishtirokida jarayon tashkil etildi.

Yo‘q qilish jarayonida daliliy ashyo sifatida qayd etilgan barcha mahsulotlar sindirish hamda maxsus tartibda qo‘mib tashlash yo‘li bilan butunlay yo‘q qilindi. Bu orqali aholi salomatligiga xavf soluvchi va noqonuniy muomalada bo‘lishi mumkin bo‘lgan mahsulotlardan foydalanish imkoniyati to‘liq bartaraf etildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Narpayda yaroqsiz alkogol mahsulotlari ommaviy tarzda yo‘q qilindi