date

Toshkentda mushukka azob bergan xitoylik 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda mushukka azob bergan xitoylik 5 sutkaga qamaldi
16 sentyabr kechasi poytaxtning markaziy qismida haqoratli holat ro‘y berdi: Xitoy fuqarosi Y.Z. mushukni takror va takror qaynoq suv bilan yo‘vib, uni idishga qamab, tashqaridan chiqishiga yo‘l qo‘ymagan. Bu manzaraga guvoh bo‘lgan qo‘shni ayol zudlik bilan “Mehr va Oqibat” jamiyatiga murojaat qilgan.

Jamiyat mutasaddilari bu holatni ichki ishlar vazirligi, tashqi ishlar vazirligi hamda Xitoy elchixonasiga yetkazib, aybdor shaxsga nisbatan javobgarlik belgilash va hatto deportatsiya qilishni talab qilgan.

18 sentyabr kuni Yakkasaroy tuman sudi Y.Z.ni ma’muriy ish yuzasidan 5 sutka qamoq jazosiga mahkum qildi. Shuningdek, u bergan apellyatsiya shikoyati rad etildi. Hozirda uni O‘zbekiston hududidan chiqarib yuborish masalasi ko‘rib chiqilayapti.

Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning dastlabki 6 oyi mobaynida 34 nafar shaxs hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lgani uchun jazoga tortilgan, ularning 2 nafari esa qamoq jazosiga hukm qilingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda mushukka azob bergan xitoylik 5 sutkaga qamaldi