Mushuklarni ovqatlantirgani uchun jarimaga tortilgan pensioner ayol vafot etdi

Mushuklarni ovqatlantirgani uchun jarimaga tortilgan pensioner ayol vafot etdi

Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida mushuklarni ovqatlantirgani uchun jarimaga tortilgan pensioner ayol vafot etdi. Bu haqda “Mehr va Oqibat” hayvonlarni himoya qilish jamiyati ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ayol qo‘shnilarning shikoyatidan so‘ng ko‘chadagi mushuklarni boqayotgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan. U bilan birga serebral falaj tashxisi qo‘yilgan nabirasiga ham jarima qo‘llangani aytilmoqda. Volontyorlarning so‘zlariga ko‘ra, pensioner ushbu holatni juda og‘ir qabul qilgan.

Tashkilot yuristlari jarimani bekor qilish maqsadida sudga murojaat qilish uchun hujjatlar tayyorlab, ayolga huquqiy yordam ko‘rsatgan. 22 iyul kuni volontyorlardan biri zarur hujjatlarga imzo qo‘ydirish uchun uning xonadoniga borgan. Biroq bir necha bor taqillatishiga qaramay, eshikni hech kim ochmagan.

Shundan so‘ng mahalla raisi va profilaktika inspektori voqea joyiga chaqirilgan. Keyinchalik Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari kvartira eshigini ochganida, ichkaridan pensioner ayolning jasadi topilgan.

Hozircha ayolning o‘limi sababi rasman e’lon qilinmagan. Holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Oshxonada uch kishi it va mushuk bilan birga o‘tiribdi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar