
Sirdaryo viloyatida 15 yoshli o‘smir otasining Lacetti mashinasini boshqarib, yuqori tezlikda yo‘l chetiga chiqib, zovurga tushib ketdi. Voqea 19-sentabr kuni soat 22:00 atrofida Sirdaryo tumanidagi Furqat mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda yuz berdi.
Hodisa oqibatida, mashina salonida bo‘lgan ikki nafar voyaga yetmagan yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi, haydovchi esa tibbiy yordam uchun kasalxonaga yotqizildi. 15 yoshli D.A. avtohalokatni otasining ruxsatisiz boshqarayotgan mashinasida yuqori tezlikda boshqaruvni yo‘qotdi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 3-qismi “a” bandi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish odamlarning o‘limiga sabab bo‘lishi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari olib borilmoqda.
Bundan avval, Xorazmda ham o‘xshash hodisa yuz bergan, unda 2 yoshli bola Cobalt Nexia mashinasining to‘qnashuvi natijasida halok bo‘lgan edi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar