date

Surxondaryoda “layk” tufayli fuqaroga qamoq jazosi berildi

Surxondaryoda “layk” tufayli fuqaroga qamoq jazosi berildi
Surxondaryo viloyatida yashovchi fuqaro 6 yil avval ijtimoiy tarmoqda taqiqlangan materialga “klass” (layk) bosgani uchun 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi, deb viloyat sudlari rasmiy kanali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, U.A. ismli shaxs 2019-yilda “Odnoklassniki.ru” saytida Abdug‘oni Umarov (Abdulloh domla) tomonidan joylashtirilgan “Jannatga oshiqlar” nomli ma’ruzani “layk”lash orqali uni virtual do‘stlari orasida tarqatgan. Bu material diniy aqidaparastlik g‘oyalari uchun taqiqlanganlar ro‘yxatida ekani ta’kidlangan.

Sud tomonidan U.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 244-1-moddasi 3-qismi “g” bandi bo‘yicha ayblov qo‘yildi. Ya’ni u jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materialni internet orqali tarqatishda aybdor deb topildi.

Qumqo‘rg‘on tuman sudi 2025-yil 1-iyulda chiqargan hukmga ko‘ra, U.A. Jinoyat kodeksining 57-moddasi qo‘llanilib, 3 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi. U jazoni umumiy tartibdagi koloniyada o‘taydi.

Sud bayonotida ta’kidlanishicha, sodir etilgan jinoyat og‘ir toifaga kiradi. Biroq, yengillashtiruvchi holatlar inobatga olinib, moddada ko‘zda tutilgandan ancha kam muddat tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Oliy sudi ekstremistik va aqidaparastlik g‘oyalarini o‘z ichiga olgan materiallar ro‘yxatini yangilab, ularni tarqatish, saqlash va namoyish etish taqiqlanganini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda “layk” tufayli fuqaroga qamoq jazosi berildi