date

Piskent va Bo‘ka tumanlarida sifatsiz sut mahsulotlaridan bog‘cha bolalari zaharlandi

Piskent va Bo‘ka tumanlarida sifatsiz sut mahsulotlaridan bog‘cha bolalari zaharlandi
24-sentyabr kuni Toshkent viloyatining Piskent va Bo‘ka tumanlaridagi bir necha maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari salomatligi yomonlashgan. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ma’lum qildi.

Bolalar tibbiyot birlashmalarida ko‘rikdan o‘tkazilib, ularga “oshqozon-ichak faoliyatining o‘tkir buzilishi, ovqatdan zaharlanish” tashxisi qo‘yilgan. Og‘ir ahvoldagi bolalar yo‘qligi sababli zarur muolajalardan so‘ng ular uylariga javob berilgan.

Vaziyat vazirlik tomonidan nazoratga olingan. Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik qo‘mitasi va huquqni muhofaza qiluvchi organlar tekshiruv boshladi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Oqqo‘rg‘on tumanidagi korxonalardan birida ishlab chiqarilgan 3,2 foizli kefir zaharlanishga sabab bo‘lishi mumkin.

Hozirda bemorlardan olingan tahlillar va oziq-ovqat namunalari laboratoriyada o‘rganilmoqda. Rasmiy xulosa e’lon qilingach, qo‘shimcha ma’lumot berilishi aytildi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Piskent va Bo‘ka tumanlarida sifatsiz sut mahsulotlaridan bog‘cha bolalari zaharlandi