date

Namanganda 15 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar muomaladan chiqarildiм

Namanganda 15 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar muomaladan chiqarildiм

Namangan viloyatida umumiy qiymati 15 milliard so‘mdan ziyod bo‘lgan sifatsiz va kafolatlanmagan dori vositalari savdoga chiqishi oldi olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati rasman ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Kosonsoy tumanida istiqomat qiladigan, 1986-yilda tug‘ilgan shaxs noqonuniy ravishda dorilar savdosi bilan shug‘ullangani aniqlangan. U davlat reestridan o‘tmagan va sertifikatlari rasmiylashtirilmagan Hindistonda ishlab chiqarilgan 2100 quti “Ferromed” dorisini shartli xaridorga 168 million so‘mga sotish paytida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Tezkor tadbirlar davomida uning yashash xonadondan yana 4296 quti “Ferromed” aniqlanib, olib qo‘yilgan. Umumiy hisobda 6396 quti dorining qiymati 1 milliard 223 million so‘mga teng ekani belgilandi.

Ayni paytda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 186³-moddasiga asosan ish qo‘zg‘atilgan va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shuningdek, Namangan shahridagi MCHJ ombor mudiri va uning ikki tanishiga tegishli 3 ta noturar binoda ham tekshiruvlar o‘tkazilgan. Natijada hujjatlari yo‘q, taxminiy qiymati 12,8 milliard so‘mdan ortiq, 2307 turdagi jami 195 ming 323 dona dori vositalari saqlanayotgani ma’lum bo‘ldi. Ular rasmiy tartibda hujjatlashtirilib, ekspertizalarga yuborildi.

Bundan tashqari, Namangan shahri hamda Uychi tumanidagi ikki yashirin ombordan xorijda ishlab chiqarilgan, umumiy qiymati 1,2 milliard so‘m bo‘lgan 128 turdagi 45 ming 641 dona dori vositalari ham topildi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan sud-tovarshunoslik va kimyoviy ekspertizalar tayinlangan. Tergovga qadar tekshiruv jarayonlari davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq viloyat hududida o‘tkazilgan maxsus tezkor tadbirlar davomida yana bir qator yashirin dori omborlari faoliyati fosh etilgan edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda 15 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar muomaladan chiqarildiм