
Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan monitoringlar davomida «NIKA FARM» MCHJ reklama qonunchiligini buzgani aniqlandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, kompaniya ijtimoiy tarmoqlarda «Forsil – og‘riq mutlaqo izsiz ketadi» mazmunida reklama tarqatgan. Biroq bu holat «Reklama to‘g‘risida»gi qonunning 34-moddasiga zid hisoblanadi. Chunki retsepsiz dori vositalari reklama qilinganda ularning ta’siri kafolatlanganday ko‘rsatilishi mumkin emas.
Shu sababli maxsus komissiya tomonidan «NIKA FARM»ga nisbatan ish qo‘zg‘atilib, kompaniyaga moliyaviy jarima belgilandi. Shuningdek, kelgusida bunday qonunbuzarliklarni takrorlamaslik haqida ko‘rsatma berildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.