date

Surxondaryoda “Damas” 3 nafar piyodani urib yubordi

Surxondaryoda “Damas” 3 nafar piyodani urib yubordi
Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. 22 sentyabr kuni soat 14:00 larda “Navro‘z” mahallasi hududidan o‘tuvchi yo‘lda “Damas” avtomashinasi 3 nafar piyodani urib yubordi. Bu haqda viloyat IIB YHXB rasmiy ma’lumot berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 1998 yilda tug‘ilgan haydovchi boshqaruvidagi avtomashinada texnik nosozlik yuzaga kelib, u qarshiqatnov qismiga chiqib ketgan. Shu payt yo‘lning tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan fuqarolarga urilib, ular turli darajadagi tan jarohatlarini oldi.

Jabrlanganlar tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan. Hozirda hodisa bo‘yicha sud-tibbiy va texnik ekspertiza tayinlangan bo‘lib, YTHning aniq sabablari yuzasidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Surxondaryoda “Damas” 3 nafar piyodani urib yubordi