date

Bog‘chalardagi zaharlanish: aybdorlar albatta jazolanishi kerak

Bog‘chalardagi zaharlanish: aybdorlar albatta jazolanishi kerak

Toshkent viloyatidagi maktabgacha ta’lim muassasalarida sodir bo‘lgan bolalarning ommaviy zaharlanishi yuzasidan dastlabki tahlillar ko‘plab kamchiliklarni ochdi. Ta’kidlanishicha, ovqatlanish jarayonida xavfsizlik me’yorlari buzilgan, nazorat esa yetarli darajada ta’minlanmagan.

Bolalar ombudsmani bu holat yuzasidan munosabat bildirib, aybdor shaxslar qonun asosida qat’iy javobgarlikka tortilmasdan iloji yo‘qligini bildirdi. Shuningdek, MTTlardagi autsorsing kompaniyalari ishini ochiq va shaffof yo‘lga qo‘yish, shartnomalardagi korrupsiyaviy xavflarni yo‘qotish, bolalar ovqatlanishi bo‘yicha doimiy monitoring va sifat nazoratini kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, hozirda Toshkent viloyatida 694 nafar bola shifoxonalarda davolanmoqda. Ularning 13 nafari o‘rtacha og‘ir ahvolda. Jami yetti tumanda zaharlanish holatlari qayd etilgan. Ayni vaqtda jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, mas’ullarni aniqlash va jazolash ishlari olib borilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Bog‘chalardagi zaharlanish: aybdorlar albatta jazolanishi kerak