Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida yo‘l-transport hodisasi qayd etildi. IIBB YHXB axborot xizmatining ma’lum qilishicha, voqea 27 sentyabr kuni soat 20:30 larda Temur Malik ko‘chasida sodir bo‘lgan.
1998 yilda tug‘ilgan haydovchi M.M. Spark rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotganida, belgilanmagan joydan yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
Hodisa oqibatida piyoda jarohat olgan va haydovchining o‘zi ham yengil shikastlangan. Ikkalasiga ham shifokorlar tomonidan birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Ayni paytda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar