29-sentabr, soat 12:00 holatiga ko‘ra, Toshkent viloyatidagi bog‘chalarda zaharlanish holati yuzasidan 38 nafar bola hanuzgacha kasalxonada qolmoqda. Bu haqda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Nurmat Otabekov ma’lum qildi, deb xabar beradi UZ24.uz.
Rasmiyning aytishicha, bolalarning ahvoli barqaror, va ular yaqin kunlarda shifoxonadan chiqariladi. Ota-onalarga har kuni bolalar sog‘ligi haqida ma’lumot berib borilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra:
• 7 ta tuman va shaharda 2 000 ga yaqin bola zaharlangan
• Barcha bolalar ayni bir kefir mahsulotini iste’mol qilgani aniqlangan
Huquqiy chora-tadbirlar:
• Jinoyat ishi ochilgan
• 7 nafar gumonlanuvchi qo‘lga olingan
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar