date

Ohangaronda 1500 dollar olgan yuriskonsult tezkor reydda qo‘lga tushdi

Ohangaronda 1500 dollar olgan yuriskonsult tezkor reydda qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmati Toshkent viloyati boshqarmasi va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan qo‘shma tezkor tadbir davomida Ohangaron tuman hokimligi bosh yuriskonsulti qo‘lga olindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, mansabdor shaxs “Eyvalek” MFYda joylashgan, hokimlik balansida turadigan xonadonni o‘zining yuqori lavozimdagi aloqalari orqali boshqa fuqaro nomiga hujjatlab berish evaziga 1 500 AQSH dollari talab qilgan va pulni olgan paytda moddiy dalillar bilan ushlandi.
E’tiborlisi, bosh yuriskonsult avval ham bir necha bor sudlanganiga qaramay, tegishli xulosa chiqarmagani aytilmoqda.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi (hiylali yo‘l bilan mulkka egalik qilish bilan bog‘liq holatlar) va 28, 211-moddasi 1-qismi (pora olishga hamjihatlik alomatlari) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv-tergov ishlari olib borilmoqda.
Rasmiylarga ko‘ra, ish materiallariga qo‘shimcha dalillar biriktirilmoqda, jinoyatning boshqa ishtirokchilari bor-yo‘qligi ham tekshirilmoqda. Qonunga muvofiq, ayb sud hukmi bilan isbotlanguncha har bir shaxs aybsiz hisoblanadi.
Tegishli idoralar hokimlik tarkibidagi mulkni noqonuniy rasmiylashtirish urinishlariga nisbatan qat’iy choralar qo‘llanishini, fuqarolar esa shubhali “posrednik” takliflariga uchmasliklari lozimligini eslatdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ohangaronda 1500 dollar olgan yuriskonsult tezkor reydda qo‘lga tushdi