date

Toshkentda 20 yoshli talaba ishqiy janjal tufayli qotillik sodir etdi

Toshkentda 20 yoshli talaba ishqiy janjal tufayli qotillik sodir etdi

Toshkentda ijaraga olingan uyda sodir bo‘lgan daxshatli hodisa bo‘yicha sud hukmi chiqdi. 20 yoshli talaba bir ayolni o‘ldirganlikda aybdor deb topildi. Bu haqda Millar dasturi orqali ma’lum qilindi.

Jinoyat joriy yil iyun oyida ro‘y bergan. Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, yigit ijara uyiga ayolni ishqiy munosabat uchun chaqirgan. Biroq uchrashuv davomida ular orasida tortishuv chiqqan.

Yigitning aytishicha, qiz telefon orqali kim bilandir gaplasha boshlagan va keyin unga tahdid qilib, baqirayotganini aytgan. Natijada, u qizni tinchlantirish maqsadida og‘zini yopmoqchi bo‘lgan, ammo qiz qarshilik ko‘rsatgan. Bu holatning oqibatida yigit uni bo‘g‘ib o‘ldirgan.

Shundan so‘ng, u jasadni choyshabga o‘rab, uydan qochib ketgan va Surxondaryo viloyatiga yo‘l olgan.

Sud hukmiga ko‘ra, ayblanuvchi O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi (qasddan odam o‘ldirish) bo‘yicha aybdor deb topildi va 10 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

Bu voqea yana bir bor shaxsiy munosabatlarda ehtiyotsizlik va ehtiros qurboni bo‘lish qay darajada og‘ir oqibatlarga olib kelishini ko‘rsatdi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda 20 yoshli talaba ishqiy janjal tufayli qotillik sodir etdi