date

Qarshida ishqiy munosabat ortidan firibgarlik: 19 yoshli yigit sudlandi

Qarshida ishqiy munosabat ortidan firibgarlik: 19 yoshli yigit sudlandi

Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida 19 yoshli yigit ishonchni suiiste’mol qilib, sevgan qizini aldash orqali uning qimmatbaho buyumlarini sotib yuborgani aniqlandi.

Ma’lum bo‘lishicha, asli kasbilik bo‘lgan yigit Qarshi shahrida yashovchi qiz bilan ishqiy munosabatlar o‘rnatib, asta-sekin uning ishonchiga kirgan. U qizga o‘qishi uchun noutbuk zarurligini aytib, uni vaqtincha foydalanish bahonasida qo‘lga kiritgan.

Keyinchalik esa ushbu noutbukni 1 million so‘mga sotib yuborib, pulni o‘z ehtiyojlari uchun sarflagan. Biroq bu bilan kifoyalanmagan yigit, yana qizga noutbukni qaytarib berishini aytib yolg‘on va’da bilan uni uchrashuvga chaqiradi.

Uchrashuv paytida esa qizning Redmi 10C rusumli mobil telefonini ham aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritib, uni ham sotib yuboradi.

Mazkur holat bo‘yicha sud jarayoni o‘tkazilib, Qarshi shahar jinoyat ishlari bo‘yicha sudi tomonidan yigitga 1 yil 11 oy muddatga axloq tuzatish ishlari jazosi tayinlandi.

Hozirda ushbu ish ijtimoiy tarmoqlarda keng muhokamalarga sabab bo‘lib, fuqarolar o‘rtasida ishonch va ehtiyotkorlik masalalarini yana bir bor kun tartibiga chiqardi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qarshida ishqiy munosabat ortidan firibgarlik: 19 yoshli yigit sudlandi