date

Buxoroda boshqaruvni yo‘qotgan Matiz kanalga tushib ketdi

Buxoroda boshqaruvni yo‘qotgan Matiz kanalga tushib ketdi

10-oktyabr kuni kechki soat 21:40 lar atrofida G‘ijduvon tumanining “Baqollar” mahallasida favqulodda holat yuz berdi. “112” qisqa raqamiga kelib tushgan murojaatga ko‘ra, “Qalqonrud” kanali bo‘yida harakatlanayotgan Matiz rusumli yengil avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va mashina suvga tushib ketgan.

Voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borgan Favqulodda vaziyatlar vazirligining hududiy qutqaruv guruhlari zaruriy maxsus texnika va vositalar yordamida avtomobilni suvdan chiqarib olish ishlarini olib bordi.

Yaxshiyamki, hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagan. Qutqaruvchilar tomonidan xavfsizlik choralari ko‘rilgan va holat nazoratga olingan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda boshqaruvni yo‘qotgan Matiz kanalga tushib ketdi