date

Rossiyadagi ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga olib kelindi

Rossiyadagi ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga olib kelindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolib ketgan olti nafar o‘zbekistonlik voyaga yetmagan bola vatanga qaytarildi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bolalarning qaytarilishi O‘zbekiston Bosh konsulxonasi va mutasaddi idoralar ko‘magida amalga oshirilgan. Ishchi guruh 10 kun davomida bolalarning huquqiy maqomini aniqlash va zarur hujjatlarni rasmiylashtirish ishlarini olib borgan.

Bolalar avvaliga Sankt-Peterburgdagi ijtimoiy reabilitatsiya markazlari va “Tranzit” ijtimoiy boshpanasiga joylashtirilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, bolalardan biri uch yildan buyon onasidan ajralgan holda, otasi bilan yashab kelgan. Tergov davomida bolaning onasidan noqonuniy ravishda olib ketilgani va yashash joyidagi ijtimoiy sharoit uning sog‘lig‘iga xavf tug‘dirgani aniqlangan.

Tashqi ishlar vazirligi huzuridagi Bosh konsulxona va boshqa mutasaddi tashkilotlar bolalarning xavfsiz qaytishini ta’minlagan. Ular uchun maxsus guvohnomalar rasmiylashtirilib, “Sankt-Peterburg – Toshkent” aviareysi orqali vatanga kuzatib qo‘yilgan.

Rasmiylar ushbu jarayon davomida xalqaro huquq normalari va bolalarning manfaatlarini inobatga olgan holda harakat qilganini bildirgan.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Rossiyadagi ota-ona qaramog‘isiz qolgan o‘zbekistonlik bolalar vatanga olib kelindi