Andijonda 18 daraxt noqonuniy kesib yuborildi

1 daqiqa o'qish256
Andijonda 18 daraxt noqonuniy kesib yuborildi

Andijonda 18 daraxt noqonuniy kesib tashlangani aniqlandi, deb UPL.uz xabar berdi.

Andijon viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi matbuot xizmatiga ko‘ra, Izboskan tumanida 30 yillik daraxtlar kesilgani haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tarqalganidan so‘ng tekshiruv o‘tkazilgan.

Tekshiruv uchun maxsus ishchi guruh tuzilib, voqea Izboskan tumanidagi “Mirzo Ulug‘bek” MFYda, Shifokorlar ko‘chasida sodir bo‘lgani aniqlangan. U yerda 18 ta katalpa turiga mansub daraxt noqonuniy kesib yuborilgani ma’lum bo‘lgan.

Fuqaroga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning “Daraxtlar va butalarni noqonuniy kesish” moddasining 1-qismi bo‘yicha bayonnoma rasmiylashtirilgan. Unga 10 300 000 so‘m miqdorida jarima belgilangan.

Vazirlikning ma’lum qilishicha, bu noqonuniy harakatning atrof-muhitga yetkazgan moddiy zarari miqdori hozircha aniqlanmagan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?