40 yoshli O‘zbekiston fuqarosi Ukraina urushida Rossiya tomonida qurolli janglarda qatnashgani uchun jinoiy javobgarlikka tortildi. Uning ishi joriy yil 24 sentyabr kuni Jizzax viloyati G‘allaorol tuman sudida ko‘rib chiqildi.
Ma’lum bo‘lishicha, B.M. 2023 yil may oyida Rossiyaga ishlash maqsadida borgan va keyinchalik Tolyatti shahrida harbiy qism bilan shartnoma tuzib, 2023 yil 10 iyundan 2024 yil 11 iyungacha Lugansk va Donetskdagi janglarda Rossiya armiyasi safida ishtirok etgan.
U harbiy xizmatni yashirish uchun o‘z pasportini yirtib tashlagan va fuqarolikdan chiqish uchun hech qayerga murojaat qilmasdan Rossiya fuqaroligini olgan. Sud tomonidan u aybdor deb topilib, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi va 227-moddasiga asosan 3 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.
O‘zbekiston fuqarosi o‘z pasportini yirtib, Rossiya urushida qatnashgani uchun qamaldi
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar