
Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan ayrim hududlarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanmoqda.
Bo‘stonliq tumanida olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro T.M. va boshqalar tomonidan “Do‘stlik” mahallasida joylashgan uyda elektr to‘lov hisoblagichini chetlab o‘tib, umumiy tarmoqqa to‘g‘ridan to‘g‘ri ulanish holati qayd etildi. Bu orqali jami 216,4 million so‘mlik elektr energiyasi noqonuniy ravishda ishlatilgan.
Shuningdek, Sharof Rashidov tumanidagi “Q.-A.” fermer xo‘jaligi mutasaddilari suv nasoslarini o‘zboshimchalik bilan elektr tarmog‘iga ulab, 123,8 million so‘mlik energiyani qonunga zid ravishda sarflagani aniqlangan. Har ikki holat yuzasidan Jinoyat kodeksi moddalari asosida ish qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.