date

Toshkentda porno studiya fosh qilindi


Toshkent shahrida pornografik mahsulotlarni tayyorlash va tarqatish bilan shug'ullangan ayol javobgarlikka tortildi. Oliy sudning rasmiy saytida Chilonzor tuman jinoyat ishlari bo'yicha sudining qarori e'lon qilindi.

Ma'lum bo'lishicha, G'ijduvon tumanida tug'ilgan, 1999-yilda tavallud topgan Zarina G. ismli ayol Toshkentga ko'chib kelgan va vositachilik faoliyati bilan shug'ullangan.

Keyinchalik u Telegram messenjerida pornografik mazmundagi turli guruhlarni ko'rib, bu orqali daromad topish niyatida bo'lgan. Shu maqsadda u "Vip Group" nomli yopiq Telegram guruhini tashkil qilgan.

U yerda o'z ishtirokida hamda boshqa shaxslar ishtirokida suratga olingan pornografik va erotik videolarni tayyorlab, ushbu guruh orqali tarqatgan. Guruhga a'zo bo'lish uchun ma'lum miqdorda haq talab qilingan.

Ekspertiza natijalariga ko'ra, guruh orqali tarqatilgan materiallar pornografik xarakterga ega ekanligi tasdiqlangan. Joriy yilning 14-oktabr kuni Chilonzor tuman jinoyat ishlari bo'yicha sudining qaroriga ko'ra, fuqaro O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining pornografik mahsulotlarni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish bandi bo'yicha aybdor deb topildi.

Unga 100 bazaviy hisoblash miqdori (41 200 000 so'm) miqdorida jarima belgilandi. Shuningdek, ayol tomonidan videolarni suratga olishda ishlatilgan "Redmi" mobil telefoni yo'q qilinishiga qaror qilindi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda porno studiya fosh qilindi