date

“Kelin aliment oldi, qaynonasi to‘ladi” — Jizzaxdagi g‘aroyib voqea

“Kelin aliment oldi, qaynonasi to‘ladi” — Jizzaxdagi g‘aroyib voqea

Jizzax viloyatining Zomin tumanida ona o‘g‘lining o‘rniga aliment to‘lashga majbur bo‘ldi. Majburiy ijro byurosi ma’lumotiga ko‘ra, S.A. ismli fuqaro sud qarori bilan sobiq turmush o‘rtog‘i foydasiga farzandi uchun aliment to‘lashi kerak edi. Ammo u bu majburiyatni bajarmagan va natijada 15 million so‘m qarzdorlik yuzaga kelgan.

Byuro davlat ijrochilari tomonidan ko‘rilgan choralar natijasida, qarzdorning onasi o‘g‘lining qarzini o‘z hisobidan to‘lab berdi.

“O‘sha kuni Byuroning tuman bo‘limiga ikki ayol — ona va kelin bir paytda keldi. Ona o‘g‘lining qarzini to‘lash uchun, kelin esa o‘g‘liga tegishli aliment pulini olish uchun,” — deyiladi rasmiy xabarda.

Bu holat aliment majburiyatini bajarmaslikning nafaqat qonuniy, balki insoniy mas’uliyat ekanini yana bir bor eslatadi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Kelin aliment oldi, qaynonasi to‘ladi” — Jizzaxdagi g‘aroyib voqea