Ming yillik jumboq: Tutanxamonning buvisi kim bo‘lgan?

2010 yilda JAMA ilmiy jurnalida chop etilgan tadqiqotda qadimgi Misr qirollik oilasiga mansub mumiyalarning DNK namunalari tahlil qilindi. Izlanishlar natijasida Luksordagi KV35 maqbarasidan topilgan va uzoq vaqt davomida «Katta xonim» (Elder Lady) deb atalgan mumiya qirolicha Tiye ekanligi aniqlandi.
Olimlar mumiyaning genetik ma’lumotlarini Tiye deb taxmin qilingan ayolning ota-onasi — Yuya va Thuya mumiyalaridan olingan namunalar bilan solishtirdi. Tahlillar qarindoshlik aloqalarini aniqlashga imkon berdi.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, Tiye fir’avn Exnatonning onasi, mashhur hukmdor Tutanxamonning esa buvisi bo‘lgan. Shu tariqa, ming yillar davomida shaxsi noma’lum bo‘lib kelgan mumiyaning kimligi va Misr qirollik sulolasidagi o‘rni ilmiy dalillar asosida aniqlashtirildi.































Izohlar 0
…