Bosh suyaklari tutash tug‘ilgan egizak opa-singillarning hayotiy hikoyasi ko‘pchilikka ilhom bermoqda

Bosh suyaklari tutash tug‘ilgan egizak opa-singillarning hayotiy hikoyasi ko‘pchilikka ilhom bermoqda

Filippinda yashovchi Joy va Joyce Magsino ismli egizak opa-singillar noyob tug‘ma holat bilan dunyoga kelgan. Ularning bosh suyaklari bir-biriga tutashgan bo‘lib, shunga qaramay, opa-singillar hayotdagi qiyinchiliklarga bardosh berib, o‘z orzulari sari intilmoqda.

Ular 2008 yil fevral oyida qisman kraniopag (bosh suyaklarining tutashishi) deb ataladigan kam uchraydigan holat bilan tug‘ilgan. Shifokorlar dastlab egizaklarning taxminan 10 yil yashashi mumkinligini taxmin qilishgan.

Biroq Joy va Joyce bu taxminlardan ko‘ra uzoqroq umr ko‘rib, 2026 yilda 18 yoshga to‘ldi. Ular nafaqat hayot uchun kurashmoqda, balki ta’limda ham muvaffaqiyatlarga erishgan. Opa-singillar 2023 yilda maktabni a’lo natijalar bilan tamomlagan.

Bir-biriga doimo dalda bo‘lib kelayotgan egizaklar hayotdagi sinovlarni hamjihatlik va matonat bilan yengib o‘tishga harakat qilmoqda. Ularning sabr-toqati, o‘zaro mehr-muhabbati va hayotga umid bilan qarashi ko‘pchilik uchun ibrat bo‘lmoqda.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar