date

Qamchiqda miltiqli erkak do‘konga bostirib kirib, sotuvchini jarohatladi

Qamchiqda miltiqli erkak do‘konga bostirib kirib, sotuvchini jarohatladi

Toshkent viloyatida jamoatchilikni tashvishga solgan noxush voqea sodir bo‘ldi. Qamchiq davomidan tarqalgan videolarda miltiq ko‘targan erkak do‘kon ichiga bostirib kirib, sotuvchi ayolni jarohatlagani aks etgach, ijtimoiy tarmoqlar keskin bahs va muhokama maydoniga aylandi. Kadrlarda erkakning qo‘lida ov quroli bilan do‘konga kirib, baqirib-chag‘irib vaziyatni keskinlashtirgani, so‘ngra sotuvchiga zarba bergani yaqqol ko‘rinadi.

Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, voqea 22-oktyabr kuni «Ko‘ksaroy» mahallasida sodir bo‘lgan. Ma’lum qilishlaricha, 33 yoshli R.Q. o‘zining shar’iy nikohdagi turmush o‘rtog‘i — 35 yoshli N.Sh. bilan o‘zaro kelishmovchilik va janjal tufayli do‘konga kelgan va ayolga tahdid qilib, tan jarohati yetkazgan.

Hodisa rasman qayd etilgani ortidan vaziyatga huquqni muhofaza qiluvchi organlar darhol aralashdi. Jinoyat kodeksining 109-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi tergov jarayoniga jalb qilingan, uning TOZ-34 turidagi ov quroli musodara qilingan va ovchilik guvohnomasi rasman bekor qilindi.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra, jabrlanuvchi ayol yengil tan jarohati olgan. Ahvoli barqaror, unga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

Hozirda voqea to‘liq nazorat ostida. Toshkent viloyati IIBB va Ohangaron tumani IIB tergov harakatlarini davom ettirmoqda. Mutasaddilar tomonidan voqeaning sabablari, qurolning qachon va qanday sharoitda ishlatilgani, shuningdek, kelib chiqish omillari atroflicha o‘rganilmoqda.

Mutaxassislar bunday holatlar jamoat xavfsizligiga jiddiy tahdid ekanini ta’kidlab, quroldan norasmiy va nazoratsiz foydalanishning oqibatlari yana bir bor jamoatchilikka ko‘rsatilganini aytishmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiqda miltiqli erkak do‘konga bostirib kirib, sotuvchini jarohatladi