Qashqadaryoda bir kechada ikki do‘konni o‘margan 19 yoshli yigit 5 yilga qamaldi

Qashqadaryoda bir kechada ikki do‘konni o‘margan 19 yoshli yigit 5 yilga qamaldi

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida bir kechaning o‘zida ikkita do‘konga o‘g‘irlikka tushib, 112 million so‘mdan ortiq zarar yetkazgan 19 yoshli yigit besh yilga ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda mahalliy nashr xabar berdi.

Sud hujjatlariga ko‘ra, Yakkabog‘ tumanida tug‘ilgan yigit tanishi bilan oldindan til biriktirib, savdo do‘konlaridan qimmatbaho buyumlarni o‘g‘irlashni rejalashtirgan.

Joriy yilning 19 mart kuni tungi soat 01:30 atrofida ular Chiroqchi tumanidagi do‘konlardan biriga yashirincha kirgan. U yerdan qariyb 59 million so‘mlik kumush taqinchoqlar va elektron tarozini olib ketgan.

Oradan yarim soat ham o‘tmay, ular ikkinchi do‘konga ham o‘g‘irlikka tushgan. Bu safar 25 ta telefon, kuzatuv kameralari va kassadagi pullar o‘g‘irlangan. Mazkur do‘konga yetkazilgan zarar 53 million so‘mdan oshgan.

Shu tariqa, bir kechaning o‘zida ikki savdo nuqtasidan jami 112 million so‘mdan ortiq mol-mulk o‘g‘irlangan. O‘g‘irlangan buyumlar sotib yuborilib, tushgan pullar sarflangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chiroqchi tumani sudining hukmiga ko‘ra, 19 yoshli yigit aybdor deb topilib, besh yil muddatga ozodlikdan mahrum etilgan.

Izohlar 0

…

Mavzuga oid yangiliklar