8 029
Shavkat Mirziyoyev: “Toza ichimlik suvi bo‘lmasa, qanaqa barkamol avlod bo‘lishi mumkin”
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyev joylarda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning borishi, xalqimizning hayot darajasi va sifatini yanada oshirishga qaratilgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishish, xalq bilan uchrashish va muloqot qilish maqsadida 20-21 yanvar kunlari Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.
Qoraqalpog‘istondagi oddiy aholi bilan uchrashib, ularning istaklariga quloq tutgan Prezident shu kunning o‘zida Qoraqalpog‘istonda Bosh vazir o‘rinbosarlari, vazirlik va idoralar rahbarlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazib, mavjud muammolarga ochiq ko‘z bilan qarash fursati etganini ta’kidladi. Amaliy natijani ko‘rish istagidagi davlat rahbari qog‘ozlarda qolib ketayotgan hisobotlar xalqning yashash sharoiti bilan mos kelmasligini bot-bot takrorladi va rahbarlarning faoliyatini keskin tanqid qildi, deb yozmoqda Qalampir.uz sayti.
Ma’lumki, Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududi toza ichimlik suvi bilan ta’minlash o‘ta og‘ir bo‘lgan hudud sanaladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev ertangi sog‘lom avlodni voyaga etkazish aynan ichimlik suvidan boshlanishiga e’tibor qaratib, qoraqalpoq xalqini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasida amalga oshirilishi kerak bo‘lgan ishlarga to‘xtaldi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istonga quruq qo‘l bilan bormaganini aytar ekan, Orolbo‘yi mintaqasini rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturi to‘g‘risida Prezident qarori qabul qilinganini ma’lum qildi.
Davlat rahbari o‘z ma’ruzasida ma’lum qilishicha, dasturga kiritilgan barcha tadbirlarning umumiy qiymati 800,4 trillion so‘mni tashkil etadi. Bu tadbirlarni amalga oshirishni moliyaviy jihatdan qo‘llab-quvvatlash uchun maxsus fond tashkil etilgan.
Fond hisobidan suv ta’minoti tizimini rivojlantirish va aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash imkoniyatini oshirish hamda sanitariya va maishiy chiqindilarni qayta ishlashga jami 331,4 milliard so‘m yo‘naltiriladi. Natijada Qoraqalpog‘iston Respublikasi aholisi ichimlik suvi ta’minoti darajasini 2016 yildagi 50,8 foizdan 2021 yilda 74 foizga etkazish imkonini beradi. Ishlab chiqarishni qo‘llab-quvvatlash natijasida 30 ga yaqin eng muhtoj aholi punktlari sho‘r suvlarni chuqurlashtiruvchi asbob-uskunalar bilan ta’minlanadi. Atrof-muhitni muhofaza qilish hamda aholi yashashining sanitar-gigenik sharoitlarini saqlash maqsadida 23 ta qattiq maishiy chiqinidilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish poligamlarini maxsus texnika vositalari bilan jihozlash va qulayliklar yaratiladi.
Qoraqalpog‘istondagi vaziyatga “yomon” deb ta’rif bergan Shavkat Mirziyoyev bir narsadan xursand bo‘lganini yashirmadi. “Har gal Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumaniga kelganimizda, toza ichimlik suvi bilan bog‘liq masalada balandparvoz gaplar aytilardi. Bugun Ochilboy Jumaniyozovich Ramatov aholini toza ichimlik suvi bilan ta’minlash masalasini o‘z mas’uliyatiga olib, ish boshladi”, deydi Prezident
Shavkat Mirziyoyev ichimlik suvi, aholi, ayniqsa, yoshlar salomatligini saqlash masalasiga e’tibor qaratar ekan, bu masalaga “Salomatlik, barkamol avlod, deymiz. Toza ichimlik suvi bo‘lmasa, qanaqa barkamol avlod bo‘lishi mumkin...”, deb izoh berdi.
Davlat rahbari yig‘ilishda ishtirok etgan rahbarlar va tashkilotlar xodimlaridan o‘z ishiga jiddiy kirishish, muammolarga panja ortidan qaramaslikni talab etib, Bosh vazir o‘rinbosarlarini yana bir bora aholi ichiga kirib, ularning muammolarini o‘rganish va echim topishga, mas’uliyatni gardaniga olishga chaqirdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Turkiya o‘zining birinchi kvant kompyuterini taqdim etdi
Josep Borrel: “Xalqaro jinoyat sudining Netanyaxuni hibsga olish bo‘yicha qarori ijro etilishi shart”
Metabolizm sekinlashganining belgilari
Husiylar Isroil aviabazasiga gipertovushli raketa bilan zarba berdi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Har payshanba jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilanadi