date

Avtohalokat ortidan katta miqdorda noqonuniy dori aniqlandi

Avtohalokat ortidan katta miqdorda noqonuniy dori aniqlandi

Sirdaryo viloyati DXX boshqarmasi va Bojxona qo‘mitasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida katta miqdordagi noqonuniy dori vositalarining muomalaga kirib borishi oldi olindi. Ta’kidlanishicha, dorilar Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tilgan.

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Andijon shahrida avtohalokatga uchragan “Changan CL03” rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilganda, salon qismida 5 071 dona “Regapen” nomli kuchli ta’sir qiluvchi dori vositasi yashirilgani aniqlangan. Topilgan dorilar holislar ishtirokida protsessual tartibda rasmiylashtirilib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251 prim 1-moddasi, 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi gumonlanuvchi sifatida ishga jalb qilingan va tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu dorilar kuchli ta’sirga ega bo‘lgani uchun ularni nazoratsiz muomalaga chiqarish aholining salomatligi uchun jiddiy xavf tug‘dirishi mumkin edi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Avtohalokat ortidan katta miqdorda noqonuniy dori aniqlandi