Qozog‘istonda avtobus fojiasi: ikki o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

1 daqiqa o'qish369
Qozog‘istonda avtobus fojiasi: ikki o‘zbekistonlik qurbon bo‘ldi

Qozog‘istonning Aqto‘be viloyatida 7 dekabr kuni sodir bo‘lgan yo‘l-transport fojiasi shiddat bilan jamoatchilik e’tiborini tortdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa mahalliy vaqt bilan 08:57 da Aytekebi tumani hududida, respublika ahamiyatiga ega shossening 1028-chaqirig‘ida qayd etilgan.

“Perm–Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan Yutong rusumli yo‘lovchi avtobusi boshqaruvini yo‘qotib, yo‘l yonidagi ariqqa ag‘darilgan. Oqibatda transport vositasida bo‘lgan 49 nafar yo‘lovchidan besh kishi halok bo‘lgani tasdiqlandi. Marhumlar orasida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi ham borligi ma’lum qilindi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligiga ko‘ra, hodisa yuzasidan O‘zbekiston va Qozog‘iston mutasaddi idoralari ishtirokida maxsus ishchi guruh shakllantirilgan. Ular halok bo‘lgan fuqarolarning jasadlarini mamlakatga qaytarish, dafn marosimlarida oila a’zolariga yordam berish va zarur tashkiliy ishlarini muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda.

Ayni paytda O‘zbekiston FVV xodimlari qozog‘istonlik hamkasblari bilan doimiy muloqotda bo‘lib, avtobuc ag‘darilishiga olib kelgan omillarni o‘rganish, aniq sabablarni belgilash va kelgusi chora-tadbirlarni taqqoslash ustidan ish olib bormoqda.

Hodisa bu turdagi xalqaro reyslarda xavfsizlik choralarini yana bir bor jiddiy o‘rganish zarurligini eslatib qo‘ydi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?