date

O‘zbekistonda bananga virusli qon yuborilib, sotilayotgani rad etildi

O‘zbekistonda bananga virusli qon yuborilib, sotilayotgani rad etildi

O‘zbekistonda “OITS bilan zararlangan qon shpris bilan bananlarga yuborilmoqda” degan xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tez tarqaldi. Shifokorlar bu iddaolarni keskin inkor etib, jamoatchilikni asossiz xavotirdan qaytardi.

Mutaxassislar aytishicha, banandan chiqadigan qizil suyuqlik yoki massa — tropik mintaqalarda keng uchraydigan zamburug‘ yoki bakterial kasallik belgisi. Bunday banan iste’molga yaramaydi, ammo bu holatning virus bilan hech qanday aloqasi yo‘q.

Shifokor shunday ta’kidlaydi:

“Bananning ichiga chinakam qon yuborilmaydi. Birinchidan, bunday miqdordagi qon qayerdan olinadi? Ikkinchidan, OIV ovqat hazm qilish yo‘li orqali yuqishi mumkin emas. Ilmiy adabiyotlarda bunday holat hech qachon qayd etilmagan.”


OIV faqat uchta yo‘l bilan yuqishi ma’lum: himoyalanmagan jinsiy aloqa, qon bilan bog‘liq tibbiy amaliyotlar va onadan bolaga o‘tish. Banan po‘chog‘i teshilgani uchun tezda chiriydi, virus esa tashqi muhitda uzoq saqlanolmaydi — buning o‘ziyoq mishmishlarni yolg‘onligini bildiradi.

Izohda yana shunday deyiladi:

“Bu kabi feyk xabarlar faqat bizda emas, banan yetishtirmaydigan ko‘plab mamlakatlarda ham tez tarqaladi.”

Avvalroq OITSga chalinganlar atrofdagilarga zarar yetkazish maqsadida o‘tirish joylariga igna qo‘yib ketmoqda degan videolar ham soxta ekani, uni tarqatgan yoshlar aniqlangani ma’lum qilingandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda bananga virusli qon yuborilib, sotilayotgani rad etildi