date

Elektr energiyasini behuda sarflagan 235 iste’molchiga chora ko‘rildi

Elektr energiyasini behuda sarflagan 235 iste’molchiga chora ko‘rildi

O‘zbekistonda elektr energiyasidan samarasiz foydalanish bilan bog‘liq holatlar bo‘yicha nazorat kuchaytirildi. "O‘zenergoinspeksiya" tomonidan o‘tkazilgan reydlar davomida atigi bir kun ichida 235 ta iste’molchining elektr energiyasini behuda sarflagani aniqlangan.

Qoidabuzarliklar yuzasidan jami 59 ta ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Qolgan holatlar yuzasidan esa qo‘shimcha o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Misol tariqasida, Toshkent shahri Chilonzor tumanida joylashgan “D.D.” MCHJga qarashli xizmat ko‘rsatish obyektida ko‘cha yoritgichlari kunduzning yorug‘ vaqtida ham yoqilgan holda ishlayotgani aniqlangan. Bu esa elektr energiyasidan asossiz foydalanish sifatida baholanib, mazkur jamiyat rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 100-moddasi bo‘yicha bayonnoma tuzilgan.

Mutasaddilar energiya resurslarini tejash barcha iste’molchilar uchun majburiy ekani, ayniqsa qish mavsumida ta’minot barqarorligini saqlashda bu masalaning dolzarbligi oshganini ta’kidlamoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Elektr energiyasini behuda sarflagan 235 iste’molchiga chora ko‘rildi