
Qozog‘istonning Turkiston viloyatida 16 yoshli qizni zo‘rlab o‘ldirish bilan bog‘liq rezonansli jinoyat ishi bo‘yicha sud yakuniy hukm chiqardi.
Sud qaroriga ko‘ra, ayblanuvchi umrbod ozodlikdan mahrum etildi. Shuningdek, u marhumaning oilasiga 50 million tenge (1 mlrd 165 mln so‘m) miqdorida ma’naviy kompensatsiya to‘lashi shart.
Tergov davomida gumonlanuvchi aybini to‘liq tan olmagan, ammo sud taqdim etilgan dalillarni yetarli va ishonchli deb baholadi. Sud raisi Dauren Madaliyev ayblanuvchi pedagogik lavozimlarda ishlash va voyaga yetmaganlar bilan ishlash huquqidan ham mahrum etilganini ma’lum qildi.
Jinoyat 6 iyunga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan. Do‘kondan uyiga qaytayotgan qiz bedarak yo‘qolib, ertalab uning jasadi bolalar bog‘chasi yonidan topilgan.
38 yoshli O‘zbekiston fuqarosi “qotillik”, “zo‘rlash” va “jinsiy zo‘ravonlik” moddalari bilan aybdor deb topilib, jazoni maksimal xavfsizlikka ega muassasada o‘taydi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.