date

Namanganda ajratilgan yo'lak mojaroga sabab bo'lmoqda

Namanganda ajratilgan yo'lak mojaroga sabab bo'lmoqda

Namangan viloyati IIB YHXB matbuot xizmati shahar ko'chalarida jamoat transporti uchun ajratilgan maxsus yo'laklar bo'yicha rasmiy ma'lumot berdi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

Qayd etilishicha, avtobuslarning erkin qatnovini ta'minlash uchun ajratilgan yo'laklar chizilganiga qaramay, ayrim yengil avtomobil haydovchilari yo'l belgisi va amaldagi qoidalarga e'tibor bermayapti. Natijada ular ajratilgan yo'lak harakatini to'sib qo'ymoqda, avtobus bekatiga kirish-chiqishni ham berkitib, jamoat transporti ishiga xalaqit qilmoqda.

Eng xavotirli tomoni, norozilik bildirgan yengil mashina haydovchilari avtobus haydovchilari bilan tortishuvlarga kirishib, ayrim holatlarda bu holatlar ommaviy mushtlashuvgacha yetayotgani ta'kidlandi.

YHXB bunday vaziyatlar keskin tarzda to'xtatilishini, qoidabuzarlar aniqlanib, belgilangan tartibda jazolanishini ma'lum qildi. Qoidabuzarlarga Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning “To'xtash yoki turish qoidalarini buzish” hamda “Marshrut transporti uchun alohida ajratilgan yo'lakda harakatlanish” moddalariga asosan jarima qo'llanishi mumkin.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Namanganda ajratilgan yo'lak mojaroga sabab bo'lmoqda