date

Toshkent viloyatida kadastr xodimi 5 ming dollar bilan ushlandi

Toshkent viloyatida kadastr xodimi 5 ming dollar bilan ushlandi

DXX matbuot xizmati xabariga ko‘ra, kadastr inspeksori ishtirokidagi korrupsion holatga chek qo‘yildi. Bu haqda upl.uz xabar beradi.

Maxsus tezkor tadbir DXX, Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning hududiy boshqarmasi hamda ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazildi. Natijada Toshkent viloyati davlat kadastri palatasining Bo‘stonliq tuman bo‘limi xodimi 5 ming AQSH dollari olayotgan paytda qo‘lga olindi.

Ma’lum bo‘lishicha, u mazkur pul evaziga Bo‘stonliq tumanida istiqomat qiluvchi fuqaroga 8 sotixli uy bo‘yicha kadastr hujjatlarini “yuqori lavozimdagi tanishlari” orqali rasmiylashtirib berishni va’da qilgan.

Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 2-qism “Firibgarlik” va 1-qism “Pora berishga ko‘maklashish” moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchiga 5 yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi tahdid solmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent viloyatida kadastr xodimi 5 ming dollar bilan ushlandi