Toshkentda yirik narkosavdo kanali fosh etildi 67 ming doza sintetik modda musodara qilindi

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar minglab odamlarga jiddiy zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan katta miqdordagi sintetik giyohvandlik vositalarini tarqatish urinishining oldini oldi. Noqonuniy aylanmadan jami 3 kilogramm taqiqlangan modda olib qo‘yildi, bu qariyb 67 ming dona bir martalik dozaga teng. Bu haqda podrobno.uz xabar beradi.
Operatsiya IIBB va DXX hamkorligida o‘tkazilgan maxsus tadbirlar natijasida amalga oshirildi. Gumonlanuvchi poytaxtning Bektemir tumanida 2,2 kilogramm qadoqlangan “sintetika” bilan ushlangan.
Keyingi tekshiruvlarda Jizzax viloyatida, ushlangan shaxsning uyidan yana 800 gramm sintetik modda topildi. Ta’kidlanishicha, giyohvandlik vositasi yerga ko‘milgan holda yashirilgan.
So‘roq chog‘ida gumonlanuvchi qilgan ishining og‘ir oqibatlarini tushunganini, biroq “oson pul” ilinjida va oilaviy muammolar sabab jinoyatga qo‘l urganini aytgan. Sud unga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘lladi. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, mazkur modda 20 yilgacha ozodlikdan mahrum etishni nazarda tutadi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!